foto1
Viloyat axborot resurs markazi
foto1
Viloyat axborot resurs markazi
foto1
Viloyat axborot resurs markazi
foto1
Viloyat axborot resurs markazi
foto1
Viloyat axborot resurs markazi

+998 74 228-22-20
andvarm@bk.ru
Murojaat uchun



 

Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma`naviyatga erishib bo`lmaydi. Kitob o`qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo`q. Sh.Mirziyoyev

 

 

Maktab kutubxonasi va kutubxonachisi: U qanday bo‘lishi kerak?

 Ma’lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas.

Jamiyatda kitobxonlikning o’sishi, avvalo, shaxsning ma’naviy va axloqiy yuksalishi omilidir. Bu esa xalqimizning intelektual salohiyati o’sishiga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda innovatsion taraqqiyotiga xizmat qiladi.

 

            O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 19 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasasi kutubxonasi to‘g‘risida”gi nizomda shunday deyiladi: “Kutubxona quyidagi vazifalarni bajaradi: foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish... Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o‘qitish; homiy tashkilotlar, turli tashkilotlar va muassasalar, ayrim fuqarolarning yordamlari hisobidan kutubxona fondini to‘ldirib borish”. Qolaversa, “Elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi”.

            Maktab kutubxonasi madaniyat va ta'limning asosiy qismi sifatida yangicha mazmun kasb etmoqda. Kutubxonachilarning mehnati tufayli insonning axborot olish madaniyati, mutolaaga, ilm-fan, tarix, madaniyatga barqaror qiziqishi har tomonlama shakllanib bormoqda. Maktab kutubxonachilari bolalar va o'smirlarni kitob o'qishga jalb etish yo'li bilan ularning intellektini kamol toptirishda bebaho hissa qo'shmoqdalar. Shunday ekan, maktab kutubxonasi o'zining odatdagi qiyofasini o'zgartirishi, eng zamonaviy talablarga javob beradigan asl axborot-ta'lim, madaniy markazga aylanishi kerak.

            Fan-texnika taraqqiy etgan zamonamizda maktab kutubxonasining missiyasi o'zgaradi. Zamon ARM kutubxonachisining professional faoliyatidagi yangi qoidalarni talab etmoqda. Endi tadbirlar miqdoriyu kitobxonlar va berilgan kitoblar soni kabi ko'rsatkichlargina ARM faoliyatiga baho berishda belgilovchi omil bo'la olmaydi. Kutubxonachidan audiovizual va elektron hujjatlar, zamonaviy texnika bilan ishlash malakasi ham talab etilmoqda.Ayni mana shuning uchun ham maktabda ARMni yuqori malakali mutaxassis boshqarmog'i darkor. Maktab kutubxonasi o'quvchilar, o'qituvchilar, mahalla jamoasining axborot-kutubxona bilan ta'minlanishini belgilab beruvchi tarkibiy markazga, kutubxonachilik xizmat ko'rsatishida ilg'or axborot texnologiyalaridan jadal foydalanish asosida shaxsning axborot olish madaniyatini shakllantirish bazasiga aylanishi kerak.

            Kutubxona kitobga olib boradigan yo’llar yaqin va oson bo’lishiga xizmat qiladi.    Avvalo ta’lim muassasalarida kutubxonalarning qayerda joylashganiga e’tibor qaratishimiz lozim. Odatda maktabning eng chetida, ko’rimsiz, kimsa bormas bir burchagida joylashgan  bo’ladi. Oshxona, sport zali, mayda- chuyda sotiluvchi rastachalar maktabning kirish qismida, hammabop joyda joylashgan bo’ladi. Nima, kitob yegulik, jismoniy mashq yoki ruchka-qalamdek zarur narsa emasmi? Axir u tarbiya, ma’naviy barkamollik manbai-ku..

            Kutubxona ziyo taratuvchi maskandir, shunday ekan undan taraliyotgan nur xech kimni befarq qoldirmasligi darkor. Avvalambor kutubxona did bilan jixozlangan, toza va ozoda  bolishi kerak. Maktab kutubxonalari tarkibidagi o‘quv zali zarur mebellar bilan ta’minlanishi, tashqi shovqindan himoyalanishi, xonaning yorug‘ va shinam bo‘lishi ham ahamiyatli.

            Sohadagi mavjud muammolar bartaraf etish uchun maktab kutubxonalari ishini takomillashtirishning quyidagilarga e’tibor berish kerak.

            Maktab kutubxonasini texnik jihozlash; kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, kutubxona faoliyatini axborotlashtirish uchun sharoitlar vujudga keltirish;           kitob fondlarini shakllantirish;

            Maktab kutubxonasi faoliyatini tashkil etishga doir yangi boshqaruv va metodik yondashuvlarni ishlab chiqish;

             Umumta'lim muassasalari kutubxonachilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, ularning axborot olish madaniyatini yuksaltirish;

             Umumiy ta'lim kutubxona muassasalarining kooperatsiyalashuvi va integratsiyasini rivojlantirish, shuningdek, maktab kutubxonalari, ARMlar, boshqa tizim va idoralarga qarashli kutubxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

            Ma’lumki, an’anaviy  umumta’lim  maktablari  kutubxonalari o‘z faoliyati bilan o‘quvchilarning tarbiyasi va umumiy  rivojlanishlariga yordam berish uchun xizmat qiladi, shu maqsadda turli ommaviy tadbirlar ishlab chiqiladi va o‘tkaziladi. Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mazkur yo‘nalishdagi ishlarni nafaqat yanada chuqurlashtirish va kengay­tirishga, balki yangi shakllarni joriy etishga ham imkon yaratib bermoqda. Kutubxonachilar oldida turgan jiddiy muammolardan biri — bu ayrim zamonaviy o‘quvchi-bolalar va o‘smirlar kitob o‘qishni xohlamasliklari va qiziqmasliklaridir.

            Ushbu muammoning mazmun-mohiyati shundaki, axborot texnologiyalari an’anaviy axborot manbalarining raqobatchisiga aylandi. Biroq haqiqiy hayotda zamonaviy axborot texnologiyalari kitob va axborotlarni o‘qishga qiziqishni kuchaytirishning muhim omiliga  aylanishi ham mumkin. Ulardan o‘quvchilar bilan ommaviy holda ham, individual ishlashda ham samarali foydalanish mumkin. O‘quvchilar bilan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni olib bo­rishda eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri tarmoq interaktiv texnolo­giyalaridan foydalanish bo‘lib hisoblanadi, axborot resurslarini, badiiy va ilmiy o‘quv adabiyotlarga qiziqishni oshirishda, jumladan, vikipediyalar, bloglar, forumlar muhim ahamiyatga molik. Bugungi kitobxon kechagilarga o’xshamaydi. Ularni jalb qilish esa kutubxonachiga bo’g’liq.

            Kutubxonachi o‘quvchilarga formulyarlar ochadi, shu formulyarlarga berilgan kitoblarning nomi va raqamlarini yozib qo‘yadi. Kutubxonachi yana nimalar bilan band? Kutubxonada tartibni saqlaydi, eskirgan kitoblarni ta’mirlaydi, yaroqsiz holga kelib qolgan kitoblar ro‘yxatini tuzadi, kelgan nashrlarni qabul qiladi, tizimli va alfavit kataloglarni to‘ldiradi, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi. Faqat shumi?Aslida, kutubxonachining ishi oson va unchalik ham oddiy emas. Zamonaviy kutubxonachining vazifasi – o‘quvchilarning kichik tirajda nashrga berilgan yoki bo‘lmasa ancha oldin nashr etilgan va qayta nashrga berilmagan kitoblar orasidan eng siyraklari bilan tanishish uchun imkoniyatlar yaratish. Bunday nashrlarning tizimlashtirilishi bo‘yicha ishlarni faqatgina juda ham savodli odam amalga oshira olishi hammaga ayon. shuningdek, elektron kutubxona va elektron baza bilan ishlay olish, o‘quvchilarga nafaqat kitoblarni, balki elektron kitoblarni va kerakli saytlarni topishda ko‘maklashish ham ularning vazifasi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida kutubxonachilar – juda ham hurmatga sazovor insonlar, hatto ilmiy xodimlar ham ulardan maslahat so‘rab murojaat qilishadi. Zamonaviy kutubxonachi nafaqat Internetning mohir foydalanuvchisi bo‘lishi, balki turli xildagi kutubxona qidiruv tizimlarini yaxshi tushunishi kerak. Mohiyatiga ko‘ra, XXI asr kutubxonachisi – foydalanuvchilarga kerak bo‘lgan ma’lumotning samarali – aniq va tez qidiruvini ta’minlovchi konsultant. Bir so‘z bilan aytganda, bu kasb yaxshi bilim va har tomonlama rivojlanganlik, xushmuomalalik va matonatni talab qiladi, bundan tashqari, u karerada ko‘tarilish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Eng muhimi, hech qanday xarajat qilmsdan xohlagan kitobingizni maza qilib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 

Harakatlar strategiyasi

Mening fikrim

Сейчас 189 гостей и ни одного зарегистрированного пользователя на сайте

Taqvim

<< < Октябрь 2018 > >>
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 3.jpg
  • 4.jpg
  • 5.jpg
  • 6.jpg
  • 7.jpg
  • 8.jpg
  • 9.jpg
  • 10.jpg